date

Mbappe “Real”ni tanladi: milliardlardan ustun bo‘lgan orzu...

Mbappe “Real”ni tanladi: milliardlardan ustun bo‘lgan orzu...

2024 yil yozida “Pari Sen-Jermen” bilan sahifani yopib, “Real Madrid”ga qadam qo‘ygan Kilian Mbappe qisqa vaqt ichidayoq “Qirollik klubi”ning asosiy quvvatiga aylandi. 26 yoshli fransiyalik yulduz maydondagi ta’siri, yetakchilik fazilatlari va hal qiluvchi daqiqalardagi ishonchli o‘yini bilan jamoaning strategiyasida markaziy o‘rin egalladi. Bu esa uning atrofidagi qiziqishni yanada kuchaytirdi.

Nufuzli manbalarga tayangan fichajes.net xabar berishicha, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi Mbappe transferi uchun “Real”ga 350 million yevro miqdorida rekord darajadagi badal puli taklif qildi. Bu nafaqat Ispaniya, balki jahon futboli tarixida ham kam uchraydigan taklif edi. Shayxlar esa futbolchining o‘ziga to‘rt yillik shartnoma, har mavsum uchun 300 million yevro maosh va qator imtiyozlarni va’da qilgan.

Saudiya tomonining maqsadi ham ochiq: Kilian Mbappeni mamlakat futboli ramziga aylantirish, liganing xalqaro nufuzini oshirish va jahon jamoatchiligi e’tiborini yanada jalb etish. Qisqasi, pul, marketing va global rezonans — barchasi tayyor edi.

Biroq manbalar ta’kidlashicha, taklif qanchalik jozibador bo‘lmasin, “Real Madrid” uni rad etdi. Sabab oddiy, ammo qat’iy: madridliklar Mbappeni qisqa muddatli sensatsiya emas, balki uzoq yillarga mo‘ljallangan loyihaning o‘zagi, jamoa kelajagining kaliti sifatida ko‘radi. “Santyago Bernabeu”da qurilayotgan yangi davr aynan Mbappe atrofida shakllanishi rejalashtirilgan.

Eng muhimi, bu qarorda futbolchining o‘zi ham hal qiluvchi rol o‘ynadi. Kilian Mbappe moddiy manfaatni birinchi o‘ringa qo‘ymadi. U ayni kuchga to‘lgan, eng yuqori formadagi paytida dunyoning eng qudratli klublaridan biri safida ko‘proq sovrin yutish, Chempionlar ligasida tarix yozish va futbol olamida o‘chmas iz qoldirishni afzal ko‘rdi. Bu tanlov — shon-sharaf, meros va sportiy orzu tanlovi.

Muxlislar uchun esa bu xabar alohida quvonch. Chunki “Real” safida Mbappening qolishi — yangi g‘alabalar, katta finallar va unutilmas kechalar demakdir. Ha, milliardlar jozibali, lekin ba’zan tarix yaratish istagi har qanday raqamdan ustun turadi. Mbappe aynan shu yo‘lni tanladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mbappe “Real”ni tanladi: milliardlardan ustun bo‘lgan orzu...