
Ispaniya La Ligasining 16-turida Madridning "Real" klubi safarda "Alaves"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdan so'ng "qirollik" jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua natija yuzasidan fikr bildirdi.
"Bu men uchun Real safidagi 200-g'alaba. Ajoyib yutuq.
Bu yili ham g'alaba qozonishda davom etishimiz kerak. O'tgan o'yinda jamoa xarakter ko'rsatdi va muhim uch ochkoni olib qaytdi.
Ishlashda davom etamiz. Bu bizning eng yaxshi o'yinimiz bo'lmadi, ammo eng muhimi natija", deya belgiyalik posbonning so'zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.
17 ta o'yindan so'ng Xabi Alonso boshchiligidagi jamoa 39 ochko jamg'argan va La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.