
Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo La Ligada "Alaves"ga qarshi o'yinda gol muallifiga aylandi. Braziliyalik futbolchi 76-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etib, hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi va "qirollik klubi"ni oldinga olib chiqdi.
24 yoshli hujumchi ketma-ket ikkinchi uchrashuvda gol urdi. U chorshanba kuni Chempionlar ligasida "Manchester Siti" darvozasini ham ishg'ol etgandi.
Shunga qaramay, bunga qadar Rodrigo klub miqyosidagi 32 o'yin davomida gol ura olmagan edi. Bu "Real" tarixida hujumkor pozitsiyadagi futbolchilar orasida qayd etilgan eng uzun golsiz seriya hisoblanadi.
"Alaves" – "Real" uchrashuvidagi g'alaba Madrid klubiga turnir jadvalida peshqadam "Barselona"dan ortda qolayotgan farqni to'rt ochkogacha qisqartirish imkonini beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.