
«Flamengo» yarim himoyachisi Saul Niges Madridning «Real» klubi bilan taqqoslash borasida keskin fikr bildirdi. «Atletiko»ning sobiq futbolchisiga ko'ra, «qirollik klubi» ko'p jihatdan yutuqlari sababli qo'llab-quvvatlanadi.
«Men uchun “Flamengo” “Real”dan ham muhimroq klub. “Real”ning esa go'yo birorta ham muxlisi yo'q.
Madrid klubi shon-shuhratni g'alabalari evaziga qo'lga kiritgan, shu bois u butun dunyoga mashhur. Ammo “Real” stadioniga borganingda, o'ziga xos atmosfera deyarli bilinmaydi.
“Marakana” esa mutlaqo boshqa: doim to'la bo'ladi, muxlislar qo'llab-quvvatlashi a'lo», — deya 31 yoshli ispaniyalik futbolchining so'zlarini The Touchline keltirdi. Saul Niges joriy yil yozida «Flamengo» safiga o'tdi.
Braziliyaga yo'l olishidan avval u 17 yil davomida Madridning «Atletiko» klubi tizimida to'p surgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.