Iraola Gvardiolaning ehtimoliy o'rinbosari sifatida ko'rilmoqda

Iraola Gvardiolaning ehtimoliy o'rinbosari sifatida ko'rilmoqda
TEAMtalk xabariga ko'ra, «Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraola «Manchester Siti»ning qisqa ro'yxatidan o'rin olgan. Manbada aytilishicha, klub Iraolani diqqat bilan kuzatib bormoqda va uni Xosep Gvardiolaning potensial o'rinbosari sifatida ko'rib chiqmoqda.

Biroq «shaharliklar» lagerida Gvardiolaning yaqin vaqt ichida jamoani tark etishi kutilmayapti. Shuningdek, «Manchester Siti» rahbariyati faqat Iraola bilan cheklanmay, «Bavariya» vakili Vensan Kompanini ham nomzodlar qatorida ko'rib chiqayotgani ta'kidlangan.

Gvardiola «Manchester Siti»ni 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum yakunigacha mo'ljallangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar