date

Manchester Siti futbolchini Bayerdan muddatidan oldin qaytaradi


Hujumkor yarim himoyachi Klaudio Echeverri yaqin orada Leverkuzenning Bayer klubini tark etishi kutilmoqda. “Farmatsevtlar” 19 yoshli argentinalik futbolchini avgust oyida Manchester Sitidan ijaraga olgandi, biroq u asosiy tarkibdan muntazam joy ola bilmadi.

Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko'ra, ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinishi ehtimoli yuqori: klublar bitimni to'xtatish shartlarini muhokama qilmoqda. Echeverri Bayer safida 11 uchrashuvda maydonga tushdi, biroq atigi uch bor asosiy tarkibda o'yinni boshlagan.

Uning hisobida bitta golli uzatma bor. 2024 yil boshida Manchester Siti istiqbolli futbolchini River Pleytdan 18,5 million yevroga sotib olgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Siti futbolchini Bayerdan muddatidan oldin qaytaradi