date

Xabi Alonso “Real”ning ko'plab hujumchilar bilan o'yinini izohladi


“Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso “Talavera”ga qarshi kubok bahsida kuzatilgani kabi, maydonga bir vaqtning o'zida ko'plab hujumchilarni tushirish masalasi yuzasidan fikr bildirdi. Alonsoning aytishicha, jamoa ayrim vaziyatlarda avval ham shunday uslubda o'ynagan.

U Endrikning harakatlarini ijobiy baholab, braziliyalik futbolchi Kilian Mbappe uchun bo'sh hududlar ochganini ta'kidladi. Murabbiy chuqur himoyalanadigan raqiblarga qarshi jarima maydonini futbolchilar bilan to'ldirish muhimligini, qisqa tezlanishlar orqali bo'sh joy yaratib, bu imkoniyatlardan Vinisius Junior, Jud Bellingem va Mbappe kabi yetakchilar foydalana olishini qayd etdi.

“Bizdagi futbolchilarning individual sifatlarini to'g'ri uyg'unlashtirish kerak”, dedi Alonso matbuot anjumanida. “Real” 20-dekabr, shanba kuni La Liganing navbatdagi turida “Sevilya”ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xabi Alonso “Real”ning ko'plab hujumchilar bilan o'yinini izohladi