Nega Flik «Barselona» bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti

Hans-Diter Flik «Barselona» bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti. Avvalroq kataloniyaliklar mutaxassisga 2028 yilgacha mo'ljallangan yangi kelishuv taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mundo Deportivo ma'lumotiga ko'ra, 60 yoshli Flik «Barselona»dagi ishidan mamnun, biroq mavsum yakunini kutib, o'zini uzoq muddatli majburiyatlar bilan bog'lab qo'ymaslikni istamoqda. Murabbiy qaroriga klubda bo'lib o'tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlari ham ta'sir qilmoqda.
Qayd etilishicha, sport maqsadlari bajarilib, Joan Laporta prezidentlik lavozimida qolsa, germaniyalik mutaxassis yangi shartnoma imzolaydi. «Barselona» Ispaniya chempionatida 43 ochko bilan ishonchli yetakchilik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing