
Madridning Real klubi hujumchisi Kilian Mbappe uzoq yillik orzusi ro'yobga chiqqanini aytdi. Shanba kuni “qaymoqranglilar” yetakchi forvardi tug'ilgan kunida “Sevilya”ga qarshi o'yinda jamoasiga g'alabaga erishishda yordam berdi.
Uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi, fransiyalik hujumchi esa 86-daqiqada penaltidan gol urdi. “Bolaligimda tug'ilgan kunim uchun orzu sovg'am Real safida o'ynash bo'lishini aytardim.
Bugun kechqurun bu orzu ushaldi”, dedi 27 yoshni qarshi olgan Mbappe o'yindan keyingi intervyusida. Mbappe tug'ilgan kunida Real libosida maydonga tushish bilan cheklanib qolmadi: u bir kalendar yil ichida urilgan gollar bo'yicha Krishtianu Ronalduning klub rekordini ham takrorladi — 59 ta gol.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.