date

WhoScored reytingida Mbappe ikkinchi, Rafinya uchinchi, Antoni yettinchi


Madridning "Real"i va "Barselona"si 2025 yilgi so'nggi uchrashuvlarini o'tkazdi. "Ko'k-anorranglilar" tanaffusga La Liga turnir jadvalida peshqadam sifatida yo'l oldi, "qaymoqranglilar" esa ikkinchi o'rinda bormoqda.

WhoScored portali o'rtacha baholar asosida tuzgan La Liganing eng yaxshi futbolchilari reytingida 18 yoshli "Barselona" vingeri Lamin Yamal 8,34 ko'rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda "Real"ning hujumchisi va chempionatning eng yaxshi to'purari Kilian Mbappe 8,04 baho bilan qayd etildi.

Kuchli uchlikni "Barselona" vakili Rafinya Dias 7,47 bilan yakunlab turibdi. To'rtinchi va beshinchi pog'onalarni yarim himoyachilar egalladi: Jud Bellingem 7,40, Pedri esa 7,32 bahoga ega.

Vinisius Junior 7,31 ko'rsatkich bilan ulardan biroz ortda qoldi. Boshqa klublar futbolchilari orasida eng yuqori o'rtacha baho "Betis" vingeri Antoniga tegishli bo'lib, u 7,30 natija qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » WhoScored reytingida Mbappe ikkinchi, Rafinya uchinchi, Antoni yettinchi