Liverpul Tottenhem yulduzi Bergvallni transfer qilmoqchi

Liverpul Tottenhem yulduzi Bergvallni transfer qilmoqchi
Qisqacha

Tottenhemning 19 yoshli shved yarim himoyachisi Lukas Bergvall yanvar oyida Liverpulning ustuvor transfer maqsadiga aylangan. Mersisaydliklar futbolchi uchun “shporlar”ga 59 million yevro miqdorida taklif yuborgan. Bergvall joriy mavsumda barcha musobaqalarda 21 o‘yinda 1 ta gol urib, 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning Tottenhem bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan, Transfermarkt esa futbolchining qiymatini 40 million yevroga baholagan.

Tottenhemning 19 yoshli shved yarim himoyachisi Lukas Bergvall Liverpulga o‘tishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Bergvall yanvar oyida Liverpulning ustuvor transfer maqsadi hisoblanadi. Ta’kidlanishicha, mersisaydliklar allaqachon “shporlar”ga 59 million yevro miqdorida taklif yuborgan.

Joriy mavsumda Bergvall barcha musobaqalarda 21 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Shved futbolchisining Tottenhem bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar