
Madridning "Real" klubi hujumchi Vinisius Junior bilan xayrlashishni istamayapti. Braziliyalik futbolchi yaqinda "Sevilya"ga qarshi o‘yinda "Santyago Bernabeu" tribunalaridan hushtakbozlikka uchraganidan so‘ng OAVda yulduzning "qaymoqranglilar" safini tez orada tark etishi haqidagi mish-mishlar yana tarqaldi.
Biroq jurnalist Arancha Rodriges xabar berishicha, "Real" hanuz Vinisiusni yorqin kelajak kutayotganiga ishonadi. 2026 yilda futbolchiga yangi shartnoma taklif qilinadi.
25 yoshli futbolchining "qirollik" klubi bilan amaldagi kelishuvi 2027 yil o‘rtalarida yakunlanadi. Transfermarkt ekspertlari bahosiga ko‘ra, hujumchining qiymati 150 mln yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.