
«Real» hujumchisi Kilian Mbappe 2026 yil yakunlariga ko‘ra «Oltin to'p»ni qo‘lga kiritish uchun asosiy favorit hisoblanadi. Score 90 portali ma’lumotiga ko‘ra, fransiyalik forvard mukofot uchun poygada yetakchilik qilmoqda.
Ikkinchi o‘rinda «Manchester Siti» futbolchisi Erling Holann, uchinchi pog‘onada esa «Barselona» vakili Lamin Yamal qayd etilgan. Asosiy da’vogarlar beshligiga, shuningdek, «Bavariya»dan Garri Keyn va «Arsenal»dan Deklan Rays ham kirgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra «Oltin to'p»ni «PSJ» hujumchisi Usmon Dembele qo‘lga kiritgan. Joriy mavsumda Kilian Mbappe «Real» safida barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.