date

Zeedorf Angliya grandlari taklif qilganini ma'lum qildi

Zeedorf Angliya grandlari taklif qilganini ma'lum qildi
"Milan" va Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Klarens Zeedorf Angliya chempionati klublariga o'tishi amalga oshmaganini eslab o'tdi. "Premyer-liga jamoalari bir necha bor menga qiziqish bildirgan.

'Ayaks'dan ketganimdan so'ng, 'Manchester Yunayted' va 'Arsenal'dan takliflar olganman. Bu ikki klub menga 'Sampdoriya'dan ketganimdan keyin ham, 'Real'ga o'tishimdan avval ham qiziqish bildirgan.

'Real'dan ketganimdan so'ng esa 'Inter'ni tanladim, biroq 'Arsenal' va 'Manchester Yunayted' yana taklif yuborgan edi. Balki, APLning boshqa klublari ham meni tarkibga qo'shishni istagandir.

O'sha paytda Italiya chempionati xuddi hozirgi APL kabi mashhur edi. Afsuski, Angliyada o'ynash nasib etmadi.

Lekin, bu holatda mening faoliyatim qanday kechishini hech kim bilmaydi", – deya Zeedorfning so'zlarini keltiradi Prime Video Sport. Klarens Zeedorf o'z faoliyati davomida 'Ayaks', 'Sampdoriya', 'Real', 'Inter', 'Milan' va 'Botafogo' klublarida to'p surgan.

Gollandiyalik futbolchi 2014 yilda faoliyatini yakunlagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zeedorf Angliya grandlari taklif qilganini ma'lum qildi