date

"Real" Konate, Gehi va Upamekanoni sotib olishni rejalashtirmayapti

"Real" Konate, Gehi va Upamekanoni sotib olishni rejalashtirmayapti
"Real" Madrid rahbariyati Antonio Ryudiger va David Alabaning klubdan ketishi ehtimoli sabab himoya markazini kuchaytirishni ko‘zlamoqda. ESPN xabariga ko‘ra, madridliklar "Liverpul" futbolchisi Ibraima Konate va "Bavariya" himoyachisi Dayo Upamekanoni transfer qilish niyatida emas.

Shuningdek, "Real" Angliya terma jamoasi va "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gehi uchun ham keskin kurash olib borishni rejalashtirmayapti, chunki u bilan "Liverpul" allaqachon dastlabki kelishuvga erishgan. Joriy mavsumda "Real" Ispaniya chempionatida 42 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Xabi Alonso jamoasi yetakchi "Barselona"dan to‘rt ochkoga ortda qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Real" Konate, Gehi va Upamekanoni sotib olishni rejalashtirmayapti