date

Slot Lidsga qarshi o'sha telba o'yinni esladi

Slot Lidsga qarshi o'sha telba o'yinni esladi

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot APLning 19-turida «Lids»ga qarshi uchrashuv oldidan bo'lib o'tgan matbuot anjumanida jamoalar o'rtasidagi avvalgi bahs yana takrorlanishi mumkinmi, degan savolga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

6 dekabr kuni APLning 15-turida «Liverpul» va «Lids» 3:3 hisobida durang o'ynagandi. Navbatdagi to'qnashuv 1 yanvar kuni bo'lib o'tadi va 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

«Ha, buni yana boshdan kechirishim mumkin, lekin rostini aytsam, shunday kunlardan yana biriga duch kelishni xohlamayman. Bu futbol hayotining bir qismi: ko'tarilishlar ham bo'ladi, pasayishlar ham. Shuni qabul qilish kerak. Men uchun eng katta xulosa — ular o'yinning so'nggi 20 daqiqasida 4-3-3 ga o'tganda bizning qanday kurashganimiz. Ular aynan o'sha paytda gollarini urishdi», — deya Slotning so'zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.

Murabbiyga ko'ra, birinchi gol VAR aralashuvidan keyin qayd etilgan, ikkinchi gol esa juda chiroyli chiqgan. Uchinchi to'p esa standart vaziyatdan o'tkazib yuborilgan. Slot «Lids» 4 himoyachi bilan o'ynaganida «Liverpul» ko'proq qiynalganini, 5 himoyachi tizimida esa bunday bo'lmaganini ham ta'kidladi.

Hozirda «Lids» turnir jadvalida 16-o'rinda bormoqda. «Liverpul» esa 32 ochko bilan 4-pog'onani egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slot Lidsga qarshi o'sha telba o'yinni esladi