date

Bornmut 37 yoshli darvozabon Freyzer Foster bilan shartnoma tuzdi

Bornmut 37 yoshli darvozabon Freyzer Foster bilan shartnoma tuzdi

«Bornmut» 37 yoshli darvozabon Freyzer Foster bilan shartnoma imzolaganini rasman ma'lum qildi. Kelishuv 2025/2026 yilgi mavsum yakunigacha amal qiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yangi jamoasida Foster 17-raqamli futbolkada harakat qiladi. U aynan bir yil klubsiz qolgan edi: darvozabon 2025 yil yanvarida Londonning «Tottenhem» klubidan ketgandi.

Foster faoliyati davomida «Sautgempton», «Nyukasl» va «Norvich» safida ham to'p surgan. Umumiy hisobda u 155 o'yinda maydonga tushib, 204 ta gol o‘tkazib yuborgan.

APLda 19 turdan so‘ng «Bornmut» 23 ochko bilan turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda. Keyingi uchrashuvda jamoa Londondagi «Arsenal»ga qarshi maydonga chiqadi.

O‘yin 3 yanvar kuni 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bornmut 37 yoshli darvozabon Freyzer Foster bilan shartnoma tuzdi