Amorim Manchester Yunayted hujumidagi asosiy muammoni aytdi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim «Lids»ga qarshi o‘yin oldidan jamoasining hujumdagi sustligi nimadan kelib chiqayotganini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Tovuslar» bilan uchrashuv yakshanba kuni 17:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. «Qizil iblislar» avvalgi turda o‘z maydonida «Vulverhempton»ni yenga olmadi — 1:1.
Amorimning aytishicha, Bruno Fernandesh, Mbeumo va Diallo qolgan futbolchilarga qaraganda ko‘proq golli vaziyatlar yaratgan. Murabbiy uchala futbolchi safdan chiqqanida istalgan jamoa hujumda qiynalishini ta’kidladi, endi ularga Meysoun Mauntning ham jarohati qo‘shilgan.
19 turdan keyin «Manchester Yunayted» APL jadvalida 30 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing