Andronov Man Siti va Chelsi o'yiniga taxmin bildirdi

Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida “Manchester Siti” o'z maydonida Londonning “Chelsi” jamoasini qabul qiladi. Ushbu uchrashuv haqida futbol sharhlovchisi Aleksey Andronov o'z fikrlarini aytib o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Andronovning ta'kidlashicha, o'yinda gollar bo'lishi kutiladi: “Siti” favorit, biroq “Chelsi” kuchli raqiblarga qarshi ham qarshi hujumlar orqali xavfli vaziyatlar yaratishni biladi. U “ikkala jamoa ham gol uradi va total 2,5 dan yuqori” variantini tanladi.
“Manchester Siti” – “Chelsi” bahsi 4-yanvar, yakshanba kuni “Etihad” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Turnir jadvalida mezbonlar uchinchi o'rinda, mehmonlar esa beshinchi pog'onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing