Amorim davrida Manchester Yunayted ko'proq yutqazmoqda

Ruben Amorim boshqaruvida «Manchester Yunayted» APLda hanuz barqaror o'yin namoyish eta olmayapti. Portugaliyalik mutaxassis davrida mankunianlar hozircha g'alabalardan ko'ra ko'proq ochko yo'qotmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Angliya chempionatining 20-turida «Yunayted» «Lids»ni mag'lub etishga yaqin kelgan bo'lsa-da, yakunda 1:1 hisobidagi durang bilan kifoyalandi. Ushbu natijadan so'ng jamoa turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda.
Amorim qo'l ostida «MYU» APLda jami 47 ta uchrashuv o'tkazdi: 15 ta g'alaba, 19 ta mag'lubiyat va 13 ta durang qayd etilgan.
«Manchester Yunayted» chempionatdagi navbatdagi o'yinini 7-yanvar kuni «Byornli»ga qarshi o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing