Slot Fulhem bilan durangdan keyin ochkolar yoqotilishini tan oldi

“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot APLning 20-turida “Fulhem”ga qarshi 2:2 hisobidagi durangdan so‘ng fikr bildirdi. Mutaxassis uchrashuvning hal qiluvchi pallalarida yo‘l qo‘yilgan xatolar yana muhim ochkolar boy berilishiga olib kelganini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Niderlandiyalik murabbiyga ko‘ra, raqib o‘zining kam sonli imkoniyatlaridan unumli foydalangan. Mersisayd jamoasida esa barqarorlik va sovuqqonlik yetishmadi.
“Juda ko‘p ochkoni boy beryapmiz va bu, albatta, ranjitadi. Ularning ilk imkoniyati gol bilan yakunlandi — bu birinchi marta emas. Har safar nimadir yetishmayapti, omad va omadsizlikka haddan tashqari bog‘lanib qolyapmiz. Oldinga qadam tashlab, o‘yin oxiridagi bunday zarbalar endi ochko yo‘qotishiga sabab bo‘lmasligi kerak”, — dedi Slot.
Hozirda “Liverpul” 34 ochko jamg‘argan va APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!