Bosnich Amorimdan keyin Sautgeytni Manchesterga tavsiya qildi

“Manchester Yunayted”ning sobiq darvozaboni Mark Bosnich klub Ruben Amorim iste’fosidan keyin kim bosh murabbiy bo‘lishi kerakligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, 5-yanvar kuni ingliz klubi portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorim bilan xayrlashganini rasman e’lon qildi. Bosnichning fikricha, “qizil iblislar” boshqaruviga ingliz murabbiyi Garet Sautgeyt kelishi ma’qul.
“U Angliya terma jamoasini tarixidagi eng og‘ir pallalarda qabul qilib olgan va jamoani ikki yirik natijaga olib chiqqan: Yevropa chempionati finali hamda jahon chempionati yarim finali”, — deya Bosnichning so‘zlarini BBC keltiradi.
Ekspert Sautgeytning yana bir ustun jihati sifatida rahbariyat bilan to‘g‘ri va samarali munosabat o‘rnata olishini ham ta’kidladi.
APLning 20-turidan so‘ng “Manchester Yunayted” 31 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!