Manchester Yunayted bosh murabbiylikka 36 yoshli nomzodni ko'rib chiqmoqda

Ruben Amorim bilan xayrlashgan «Manchester Yunayted» yangi bosh murabbiy masalasida faol izlanishni davom ettirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Telegraph jurnalisti Jeyson Bertning xabar berishicha, «qizil iblislar» «Portu» ustozi Franchesko Fariolini tayinlash variantini muhokama qilgan. Manbaga ko'ra, italiyalik mutaxassis nomzodi rahbariyat darajasida ko'rib chiqilgan, biroq hozircha yakuniy qaror bo'yicha aniq pozitsiya shakllanmagan.
Franchesko Farioli 2025 yil yozida «Portu»ni qabul qilib olgan. U faoliyati davomida «Fatih Karagumryuk», «Alanyaspor», «Nissa» va «Ayaks» jamoalarida ham ishlagan. Hozirda 36 yoshli murabbiy boshchiligidagi «Portu» Portugaliya chempionatida 17 turdan keyin 49 ochko jamg'arib, turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!