Eddi Xau Manchester Yunayted haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Matbuotda «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligi uchun ehtimoliy nomzodlar orasida «Nyukasl» ustozi Eddi Xau ham tilga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Mutaxassis ushbu gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Men «Nyukasl»da qolamanmi? Ha, albatta. Men uchun hech narsa o‘zgargani yo‘q. Men bu yerda 100 foizman, bor kuchim bilan ishlayapman va siz yozayotgan hamma narsani — yaxshi ham, yomon ham — e’tiborsiz qoldiraman. Hozir asosiy e’tiborim «Lids»ga qarshi uchrashuvga jamoani imkon qadar yaxshi tayyorlashda», — dedi Xau Goal nashriga.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Manchester Yunayted» Ruben Amorimni iste’foga chiqargan edi. «Qizil iblislar» hozirda APL turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.






























Izohlar 0
…