date

Polina Kudermetova Kanberra turnirida Oʻzbekistonga kumush medal olib keldi

Polina Kudermetova Kanberra turnirida Oʻzbekistonga kumush medal olib keldi

Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Polina Kudermetova Avstraliya poytaxtida oʻtgan Canberra Challenger xalqaro tennis turnirida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Final bahsida u Tayvan vakili Joanna Garlandga 6:4, 6:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Turnirdagi natijasi evaziga Kudermetova 19,7 ming dollar mukofot puli hamda WTA reytingi uchun 81 ochko jamgʻardi. Chempion bo‘lgan Garland esa 33,6 ming dollar va 125 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.

Bu ko‘rsatkich sportchining Oʻzbekiston bayrog‘i ostidagi ilk yirik yutug‘i sifatida qayd etildi. Uning sport fuqaroligini o‘zgartirgani 2025 yil dekabr o‘rtalarida ma’lum bo‘lgan: o‘shanda ITF saytida Kudermetova profilidagi Rossiya bayrog‘i rasmiy ravishda Oʻzbekiston bayrog‘iga almashtirilgan.

Fuqarolik almashgan paytda tennischi jahon reytingida 104-o‘rinda turgan. Hozirda uning tayyorgarligiga sobiq dunyoning birinchi raketkasi Dinara Safina boshchilik qilmoqda. Safina avvalroq Diana Shnayderni Parij-2024 Olimpiadasida kumush medalga olib chiqqan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Polina Kudermetova Kanberra turnirida Oʻzbekistonga kumush medal olib keldi