date

PSJ Barselona ortidan Rashford uchun kurashga kirdi

PSJ Barselona ortidan Rashford uchun kurashga kirdi

Parijning "PSJ" klubi hujumchi Markus Rashfordni o'z safiga qo'shib olish masalasini ko'rib chiqmoqda. Angliyalik futbolchi hozir "Barselona"da ijara asosida o'ynamoqda, uning huquqlari esa "Manchester Yunayted"ga tegishli. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Marca xabariga ko'ra, parijliklar "qizil iblislar"ga Rashford transferi uchun 50 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, futbolchining kataloniyaliklar bilan ijara shartnomasida 30 million yevrolik sotib olish opsiyasi ham bor.

"Barselona" Rashfordni 2025 yil yozida "Manchester Yunayted"dan mavsum oxirigacha ijaraga olgandi. Joriy mavsumda u "ko'k-anorranglilar" safida barcha musobaqalarda 27 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Rashfordning bozor narxini 40 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ Barselona ortidan Rashford uchun kurashga kirdi