date

Xans-Diter Flik Xabi Alonsoning «Real»dan ketishini qanday qabul qildi?

Xans-Diter Flik Xabi Alonsoning «Real»dan ketishini qanday qabul qildi?

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Xabi Alonsoning «Real Madrid»dan iste’foga chiqarilgani haqida o‘z munosabatini bildirdi. Flikning aytishicha, futbolda shunday holatlar bo‘lib turadi va bunday vaziyatda Alonso bilan munosabatlari doimo yaxshi bo‘lgan.

«Bu futbol, bunday holatlar bo‘lib turadi. Xabi bilan munosabatlarim yaxshi: biz Leverkuzenda tanishganmiz va aloqani uzmaganmiz. Unga faqat eng yaxshi tilaklarni tilayman. Ishonchim komilki, tez orada uning ixtiyorida ajoyib loyiha paydo bo‘ladi. U yuqori saviyali murabbiy va kelajagi porloq ekaniga shubha yo‘q», — dedi Flik.

Flikning fikricha, murabbiyga ishonadigan klub va jamoa muhim ahamiyatga ega. Uning ta’kidlashicha, qaror qabul qiluvchi odamlar murabbiyni qo‘llab-quvvatlashi kerak va bu holatda «Real» murabbiyni qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgan. Shu bilan birga, Flik murabbiylik kasbining katta mas’uliyatni talab qilishiga va buning klubdagi qarorlarga ta’sir qilishiga ishora qildi.

Flik, shuningdek, «Barselona» klubi prezidentining ishonchidan ham so‘zlab o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, klubning katta oilaga aylanishi va hamjihatlikda ishlash muhimdir. «Prezident shunday degan: “Nafaqat o‘yinchilar, balki xodimlar, klub rahbariyati, Deku, futbolchilarning yaqinlari — barchamiz bir katta oilamiz”», — dedi Flik. U Saudiya Arabistonidagi turnirda bunday madaniyatni his qilganini ham qo‘shimcha qildi.

Flikning so‘zlariga ko‘ra, klubdagi ish jamoa birligi va hamjihatlikka asoslangan bo‘lishi kerak va bu kulubning muvaffaqiyatiga erishishda muhim rol o‘ynaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xans-Diter Flik Xabi Alonsoning «Real»dan ketishini qanday qabul qildi?