date

Karpin Zaxaryan “Selta”ga qarshi o‘yinga qaytishi mumkinligini aytdi

Karpin Zaxaryan “Selta”ga qarshi o‘yinga qaytishi mumkinligini aytdi

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin yarim himoyachi Arsen Zaxaryan bilan uchrashgani haqida ma’lum qildi. 22 yoshli futbolchi hozirda Ispaniyaning “Real Sosedad” klubi sharafini himoya qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Karpin so‘zlariga ko‘ra, u Madridga yetib kelgan va kecha “Real Sosedad” — “Barselona” uchrashuvini stadiondan tomosha qilgan. Zaxaryan o‘yinda maydonga tushmagan bo‘lsa-da, murabbiy futbolchi bilan bahsdan bir kun oldin suhbatlashishga ulgurgan. Karpin Zaxaryan “Selta”ga qarshi keyingi o‘yinda jamoa safida bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Shuningdek, Karpin Yevropa Chempionlar ligasi doirasidagi “Real” — “Monako” uchrashuvini ham kuzatishni rejalashtirmoqda. Ushbu bahsdan so‘ng u terma jamoaning yana bir yarim himoyachisi Aleksandr Golovin bilan ham uchrashishini qo‘shimcha qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karpin Zaxaryan “Selta”ga qarshi o‘yinga qaytishi mumkinligini aytdi