Flik Kubarsini Ispaniyaning eng kuchli markaziy himoyachilaridan biri dedi

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya La Ligasi doirasida "Real Ovyedo"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi va jamoa himoyachisi Pau Kubarsi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalistlar Flikdan Kubarsining o'yin darajasi pasaygani-pasaymagani va buning yoshi bilan bog'liqligi haqida so'rashdi. Nemis mutaxassisi 19 yoshni endi qarshilagan futbolchi uchun ayrim vaziyatlarda barqarorlik yetishmasligi tabiiy ekanini ta'kidladi.
Flikning so'zlariga ko'ra, Kubarsida juda katta salohiyat bor va u shaxsan o'zi uchun Ispaniyadagi eng yaxshi markaziy himoyachilardan biri hisoblanadi.
Ayni paytda "Barselona" La Liga turnir jadvalida peshqadam. 25-yanvar, yakshanba kuni katalonlar o'z maydonida "Real Ovyedo"ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!