APLning ikki grandi Real yarim himoyachisi uchun kurashyapti

Madridning «Real» klubida to‘p surayotgan yarim himoyachi Orelien Tchuameni faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fichajes xabariga ko‘ra, 26 yoshli fransuz futbolchisini qo‘lga kiritish uchun APLning ikki top klubi — «Liverpul» va «Tottenhem» keskin raqobat olib bormoqda. Ta’kidlanishicha, «shporlar» allaqachon «Real»ga 100 million yevrolik taklif yuborgan.
Tchuameni 2022 yildan beri «Real» safida o‘ynab keladi, u Madridga «Monako»dan ko‘chib o‘tgan. Joriy mavsumda хавбек barcha turnirlar doirasida 28 o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirgan.
Yarim himoyachining «qirollik klubi» bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari Tchuamenining bozor qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!