date

Aston Villa Duglas Luisni Yuventusdan ijaraga oldi

Aston Villa Duglas Luisni Yuventusdan ijaraga oldi

“Aston Villa” matbuot xizmati “Yuventus” yarim himoyachisi Duglas Luis jamoaga ijara asosida qo‘shilganini rasman ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Braziliyalik futbolchi bilan tuzilgan ijara bitimi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Duglas Luis avval ham 2019–2024 yillarda “Aston Villa” safida o‘ynagan. U “sherlar” libosida barcha musobaqalarda jami 204 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urgan va 24 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Yarim himoyachi 2021 yil yozida 51 million yevro evaziga “Yuventus”ga sotilgandi.

Duglas Luisning Turin klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Mavsumning birinchi yarmida braziliyalik “Nottingem”da to‘p surib, 14 ta o‘yinda qatnashdi va bitta assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aston Villa Duglas Luisni Yuventusdan ijaraga oldi