date

Rosenyor Chelsi tarkibiga so‘nggi kunlarda ham futbolchi qo‘shilishi mumkinligini aytdi

Rosenyor Chelsi tarkibiga so‘nggi kunlarda ham futbolchi qo‘shilishi mumkinligini aytdi

Londonning «Chelsi» klubi qishki transfer oynasining yakuniy kunlarida tarkibni kuchaytirishi mumkin. Jamoa bosh murabbiyi Liam Rosenyor matbuot anjumanida shu ehtimolni istisno qilmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis markaziy himoyachi masalasiga to‘xtalar ekan, bunday transfer bo‘lishi mumkinligini, biroq klub barcha chiziqlarda variantlarni ko‘rib chiqayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, yarim himoyachi yoki qanot futbolchisi kabi nomzodlar ham kutilmaganda paydo bo‘lishi mumkin.

Rosenyor «Chelsi» shunchaki “galочка” uchun futbolchi olmaydi, jamoaga real ta’sir ko‘rsatadigan ijrochilar kerakligini qayd etdi. Agar mos variant chiqsa, transfer bo‘lishi mumkinligini, oxirgi kunlarda harakat ko‘p bo‘lishi ham, jarayon tinch yakunlanishi ham ehtimoldan xoli emasligini qo‘shimcha qildi.

Ayni paytda «Chelsi» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rosenyor Chelsi tarkibiga so‘nggi kunlarda ham futbolchi qo‘shilishi mumkinligini aytdi