date

Real Liverpul yarim himoyachisi Soboslai uchun 160 mln talab qilinadi

Real Liverpul yarim himoyachisi Soboslai uchun 160 mln talab qilinadi

Madridning "Real" klubi "Liverpul" yarim himoyachisi Dominik Soboslaini o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Topskills Sport UK xabariga ko'ra, "qirollik" klubi futbolchining agenti bilan dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan. Transfer bo'yicha taklif paketiga fransuz yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga ham kiritilishi mumkin.

Manbada ta'kidlanishicha, "Liverpul" Soboslaini sotish niyatida emas. Faqat 160 million yevrolik taklifgina "qizillar"ni futbolchining ketishi ehtimoli haqida o'ylashga majbur qilishi mumkin.

Shuningdek, Soboslai "Liverpul" bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor, biroq buning uchun uning maoshi haftasiga 340 ming yevrogacha oshirilishi lozim. Venger futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Liverpul yarim himoyachisi Soboslai uchun 160 mln talab qilinadi