date

Rodrigo yozda Real Madridni tark etishi mumkin

Rodrigo yozda Real Madridni tark etishi mumkin

Yozgi transferlar oynasi yaqinlashar ekan, Real Madrid tarkibida o‘zgarish bo‘lishi ehtimoli kuchaymoqda. OAV bir necha vaqtdan beri hujumchi Rodrigo jamoani tark etishi mumkinligini muhokama qilmoqda, chunki yangi mavsumda uning roli avvalgidek markaziy bo‘lmay qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline nashri “eksklyuziv” deya ta’kidlagan xabarga ko‘ra, madridliklar Rodrigoni klubdagi “eng oson sotiladigan aktiv” sifatida ko‘rmoqda. Braziliyalik futbolchiga Angliya Premyer-ligasi klublari tomonidan qiziqish borligi aytilmoqda.

25 yoshli hujumchini Transfermarkt 60 million yevroga baholagan. Rodrigoning Real Madrid bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

2025/2026 yilgi mavsumda Rodrigo 26 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli pas muallifi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rodrigo yozda Real Madridni tark etishi mumkin