date

Ispaniyada Mbappe haqida yoqimsiz xabar tarqaldi

Ispaniyada Mbappe haqida yoqimsiz xabar tarqaldi

Ispaniya OAVlari Kilian Mbappe Yevropa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkinligini yozdi. Fransuz futbolchi o‘yin arafasidagi mashg‘ulotni tizzasidagi muammo sabab muddatidan oldin yakunlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

AS nashri jurnalisti Ruben Martinning ma’lumotiga ko‘ra, Mbappening 25 fevral kungi «Benfika»ga qarshi bahsda maydonga tushishi ehtimoli juda past. Bundan tashqari, u 2 mart kuni La Ligada «Xetafe»ga qarshi uchrashuvni ham o‘tkazib yuborishi mumkin.

Qayd etilishicha, «Real» tizzadagi muammo to‘liq yo‘qolmagani uchun Mbappega tanaffus berishi mumkin.

Hozirda «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Qirollik klubi» «Barselona»dan bir ochkoga ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ispaniyada Mbappe haqida yoqimsiz xabar tarqaldi