date

Pedri Vinisius haqida To'p u tomonda bo'lsa ibodat qilaman deydi

Pedri Vinisius haqida To'p u tomonda bo'lsa ibodat qilaman deydi

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri futbol maydonida tezlik bo'yicha kimlar bilan bellashishni istamasligini aytib o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

U o'zini unchalik tezkor futbolchi emasligini tan olib, eng noqulay raqiblar qatorida Mbappe va Vinisiusni tilga oldi. "Deyarli hamma bilan, chunki men sekinman. Mbappe, Vinisius... To'p Vinisiusga borib qolsa, faqat ibodat qilishim qoladi. U mendan uch baravar tez yuguradi", — dedi Pedri El Hormiguero dasturida.

Hozirda "Barselona" Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi "Real" kataloniyaliklardan bor-yo'g'i bir ochko ortda bormoqda.

La Ligadagi navbatdagi uchrashuvini "Barselona" 28-fevral, shanba kuni o'z maydonida "Vilyarreal"ga qarshi o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pedri Vinisius haqida To'p u tomonda bo'lsa ibodat qilaman deydi