Kroos Anchelottini hanuz dunyoning eng yaxshi murabbiyi deydi

Avvalroq Karlo Anchelotti Madridning «Real» klubini boshqargan davrida Toni Kroos bilan bir epizodda tortishib qolganini xabar qilgandik. Germaniyalik yarim himoyachi o‘sha voqea yuzasidan fikr bildirib, murabbiyiga bo‘lgan munosabatini ochiq aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kroosning ta’kidlashicha, o‘sha o‘yinda amalga oshirilgan almashtirish noto‘g‘ri qaror bo‘lgan. Shunga qaramay, u Anchelottini baribir dunyodagi eng kuchli murabbiy deb hisoblashini va bu fikridan qaytmasligini qayd etdi, deb yozadi derbyderbyderby.it.
Eslatib o‘tamiz, Kroos «Real» safida 2014–2024 yillarda to‘p surib, keyin futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Anchelotti esa hozir Braziliya terma jamoasini boshqarmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing