date

Simeone Lukmanni jamoada boshqalardan farq qiladigan futbolchi dedi

Simeone Lukmanni jamoada boshqalardan farq qiladigan futbolchi dedi

Nigeriyalik hujumchi Ademola Lukman Madridning «Atletiko»si safidagi ilk uchrashuvlaridayoq yorqin o‘yin ko‘rsatib, jamoaga tez moslashdi. Uning chiqishlari bosh murabbiy Diyego Simeoneni to‘liq qoniqtirmoqda va argentinalik mutaxassis Lukmanni alohida fazilatga ega futbolchi sifatida ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Uning xarakteristikalari jamoamizdagi boshqa o‘yinchilarnikidan farq qiladi. Lukman ko‘proq individual harakatlarga tayanadigan futbolchi, bizda esa asosan jamoaviy uslubdagi ijrochilar ko‘p. Aynan shu jihati raqiblar uchun o‘yinimizni oldindan aytib bo‘lmas qiladi. Lukman allaqachon jamoa salohiyatiga kuchli turtki berdi», — deya Simeonening so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Eslatib o‘tamiz, Lukman bundan avval bir necha yil davomida Italiyaning «Atalanta» klubi sharafini himoya qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Simeone Lukmanni jamoada boshqalardan farq qiladigan futbolchi dedi