Xedira Habi Alonso tez orada top-klubda yutadi

Madridning “Real” klubida o‘ynagan sobiq yarim himoyachi Sami Xedira jamoaning sobiq murabbiyi Habi Alonso haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ispaniyalik mutaxassis “qirollik klubi” boshqaruvini o‘tgan yoz boshida qabul qilib olgandi, biroq joriy yil yanvarida lavozimidan ozod etildi.
“Afsus, Alonsoga ko‘proq vaqt berishmadi. Bu qarorning ichki sabablari haqida faqat taxmin qilishimiz mumkin, ammo men uchun Habi baribir kuchli murabbiy. U tez orada Yevropaning boshqa bir top-klubida albatta muvaffaqiyatga erishadi. Muammo shundaki, ba’zan kiyinish xonasida murabbiy futbol tamoyillariga ergashishga tayyor bo‘lmagan odamlar ham bo‘ladi”, — deya Xediraning so‘zlarini Diario AS keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Habi Alonso o‘rniga Alvaro Arbeloa tayinlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!