Xedira Vinisiusning Alonso davridagi asosiy muammosini aytdi

Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Sami Xedira Vinisius Junior nega jamoaning avvalgi bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan to‘liq chiqisha olmagani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qayd etilishicha, ispaniyalik mutaxassis yanvar oyida, tayinlanganidan atigi yarim yil o‘tib iste’foga chiqarilgan. Futbol jamoatchiligi orasida oktyabr oyidagi «el klasiko»da Vinisiusning almashtirilishga keskin munosabati Alonso uchun «yakun boshlanishi» bo‘lgani haqida gaplar yuradi.
Xediraning ta’kidlashicha, Karlo Anchelotti davrida Vinisius «Oltin to‘p»ga juda yaqin kelgan va sovringa munosib ko‘ringan. Alonso esa jamoaviy tuzilma va intizomni individual erkinlikdan ustun qo‘ygani sabab Vinisiusning kuchli tomonlari ko‘proq cheklangan. Arbeloa bilan esa braziliyalik hujumchida yana erkinlik paydo bo‘lgani va bu uning o‘yiniga darhol ta’sir qilayotgani aytildi.
Vinisius Junior «qaymoqranglilar» safida so‘nggi to‘rt uchrashuvda besh marta gol urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!