Mbappe tizzasi tuzalmassa kichik operatsiyaga kirishi mumkin

Mbappe tizzasi tuzalmassa kichik operatsiyaga kirishi mumkin

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe yaqin o'yinlarni o'tkazib yuboradi: uning tizzasidagi muammo yana kuchaydi. Shu sabab fransuz futbolchi Chempionlar ligasida "Benfika"ga qarshi bo'ladigan eng yaqin uchrashuv uchun madridliklar qaydnomasiga kiritilmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Xuanfe Sansning xabar berishicha, agar tanlangan konservativ davolash kutilgan natijani bermasa, Mbappe kichik jarrohlik amaliyotini o'tkazishi mumkin.

Chorshanba kuni "Real" "Benfika"ni qabul qiladi. Bu Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi javob o'yini bo'ladi. Ilk uchrashuvda Alvaro Arbeloa jamoasi safarda 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi. "Bernabeu"dagi bahsni matnli onlayn translyatsiya orqali kuzatish mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar