date

Xavi Marokash terma jamoasini boshqarishi mumkin

Xavi Marokash terma jamoasini boshqarishi mumkin

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi afsonasi Xavi Ernandes Marokash milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, Xavi nomzodi asosiy variantlardan biri sifatida ko'rib chiqilmoqda, biroq Marokash futbol federatsiyasi hozircha ispaniyalik mutaxassis bilan muzokaralarni boshlamagan.

Qayd etilishicha, amaldagi bosh murabbiy Valid Regragining pozitsiyasi bu qishdagi uy maydonida o'tgan Afrika kubogi finalidagi omadsizlikdan so'ng ancha zaiflashgan.

Xavi 46 yoshda. U murabbiy sifatida hozirgacha ikki jamoada ishlagan: 2019–2021 yillarda Qatarning «Al-Sadd» klubi, 2021–2024 yillarda esa «Barselona». So'nggi ikki yildirki, Xavi hech qaysi jamoani boshqarmayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xavi Marokash terma jamoasini boshqarishi mumkin