Barselona Barcola uchun 70 million yevro to'lashi mumkin

PSJ vingeri Bredli Barcola “Barselona”ning transfer ro'yxatidan joy oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
L’Equipe xabariga ko'ra, Parij klubi 23 yoshli futbolchini yozgi transferlar oynasida sotishga tayyor. Barcolani o'z safiga qo'shib olishni istayotgan jamoalar orasida “Barselona” ham bor.
Manbaga ko'ra, PSJ futbolchisini 70 million yevroga baholamoqda. Barcola 2023 yilda “Lion”dan 45 million yevro evaziga Parij klubiga o'tgan, uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda qanot hujumchisi barcha musobaqalarda 33 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali ham Barcolaning bozor qiymatini 70 million yevroga teng deb ko'rsatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing