Fermin Lopes yana 11 golga yetib, rekordini takrorladi

Fermin Lopes yana 11 golga yetib, rekordini takrorladi

O'tgan dam olish kunlari Kataloniyaning «Barselona» jamoasi Ispaniya chempionati autsayderlaridan biri «Levante»ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvda yarim himoyachi Fermin Lopes ham navbatdagi golini urib, mavsumdagi gollari sonini 11 taga yetkazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu tariqa u «Barsa» safidagi shaxsiy samaradorlik rekordini qaytadan takrorladi: 2023/2024 yilgi mavsumda ham Lopes 11 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan. Ayni paytda esa oldinda hali yetarlicha o'yin bor va u bu ko'rsatkichni yaxshilash imkoniyatiga ega.

«Barselona» uchun esa bu g'alaba muhim ahamiyat kasb etdi: amaldagi Ispaniya chempioni o‘tgan hafta oxiridagi natijadan so‘ng turnir jadvalida yana yetakchilikni qaytarib oldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar