Laporta Real telekanali hakamlar haqidagi gaplariga shubha qildi

Laporta Real telekanali hakamlar haqidagi gaplariga shubha qildi

Barselona” prezidenti Joan Laporta yana “Real” va La Ligadagi hakamlik masalasi bo‘yicha keskin fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Laportaning aytishicha, “Real” klub telekanali vakillari hakamlar jamoalariga to‘sqinlik qilayotgani va aksincha “Barselona”ga yordam berayotgani haqidagi da’volarga o‘zlari ham ishona olmaydi. U, shuningdek, hakamlar texnik qo‘mitasidagi lavozimlarni tarixan ko‘pincha “Real”ning sobiq futbolchilari yoki rahbariyatiga yaqin odamlar egallab kelganini ta’kidladi.

28 fevral, shanba kuni “ko‘k-anorranglilar” La Ligada o‘z maydonida “Vilyarreal”ni qabul qiladi. Hozirda kataloniyaliklar turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi va “Real”dan bir ochko oldinda bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar