date

Yurgen Klopp uchun Realga yo'l ochilishi mumkin

Yurgen Klopp uchun Realga yo'l ochilishi mumkin

Yurgen Klopp kelasi yozda yana murabbiylik faoliyatiga qaytishi ehtimoldan xoli emas. AS nashri Salzburger Nachrichten gazetasiga tayanib yozishicha, nemis mutaxassisi yaqin kelajakda futbol bo'yicha «Red Bull» tizimidagi lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, Kloppning bu yo'nalishdagi ishlari klub ichidagi kutgan natijalarni to'liq oqlamagan. Shu sababli u muddatidan oldin ketishi ham mumkin. Klopp «Red Bull»da 2025 yil boshidan beri faoliyat yuritmoqda.

So'nggi oylarda matbuot Kloppni «Real» bilan ko'p bora bog'lamoqda. Madrid klubi yozda bosh murabbiy masalasida o'zgarish qilish ehtimolini ko'rib chiqmoqda. Yanvar o'rtalaridan beri jamoa bilan Alvaro Arbeloa ishlamoqda.

Eslatib o'tamiz, 2015–2024 yillar oralig'ida Yurgen Klopp Angliyada «Liverpul»ni boshqargan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yurgen Klopp uchun Realga yo'l ochilishi mumkin