Martin Demikelis La Liga klubida bosh murabbiy bo'lish arafasida

Martin Demikelis tez orada murabbiylik faoliyatini qayta boshlashi mumkin. Cadena SER xabariga ko'ra, 45 yoshli argentinalik mutaxassis "Malorka"ning navbatdagi bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bir necha kun avval "Malorka" murabbiyisiz qolgan edi. Xgoba Arrasete "Selta"ga safarda 0:2 hisobida mag'lub bo'lgach, lavozimini tark etdi.
Demikelis may oyidan beri klubsiz. U o'shanda "Monterrey"dagi murabbiylik vazifasidan ketgan.
Hozir "Malorka" Ispaniya chempionati jadvalida 18-o'rinda borib, quyi ligaga tushib ketish zonasida joylashgan. Jamoa navbatdagi o'yinini 28 fevral kuni o'z maydonida "Real Sosedad"ga qarshi o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing