date

Diyego Kosta Simeonening eng yaxshi va yomon tomonini aytdi

Diyego Kosta Simeonening eng yaxshi va yomon tomonini aytdi

Madridning «Atletiko» klubida to‘p surgan sobiq hujumchi Diyego Kosta jamoa bosh murabbiyi Diyego Simeone haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kosta «matraschilar» safida 2007–2014 yillarda o‘ynagan, keyin esa «Chelsi»ga transfer qilingan. 2018 yilda u yana Madridga qaytib, klubda yana uch yil faoliyat olib borgan.

Hujumchining ta’kidlashicha, Simeonening eng kuchli jihati — futbolchilarni ruhlantirish va o‘ziga ishonishga undash qobiliyati. Eng yoqimsiz tomoni esa murabbiyning sovuqqonligi bo‘lgan: Kosta aytishicha, Simeone ayrim futbolchilarga, ayniqsa o‘zi muhim deb bilmagan o‘yinchilarga nisbatan masofa saqlagan. Shuningdek, u hozir «Cholo» o‘zgarganini, jamoaga nisbatan emotsionalroq va yaqinroq bo‘lib qolganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Diyego Simeone «Atletiko» boshqaruvini 2011 yil oxiridan beri olib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Diyego Kosta Simeonening eng yaxshi va yomon tomonini aytdi