date

Messi Barselonaga futbolchi sifatida qaytmasligini bildirdi

Messi Barselonaga futbolchi sifatida qaytmasligini bildirdi

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi “Barselona” rahbariyati va klub atrofidagi doiralarga kelajagi borasidagi pozitsiyasini aniq yetkazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Catalunya Radio xabariga ko‘ra, 38 yoshli argentinalik futbolchi katalon klubi prezidentligiga da’vogarlarning barchasiga futbolchi sifatida “Barselona”ga qaytmasligini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, u faoliyatini yakunlagach, boshqa rol — masalan, klub tizimida — yana kelish ehtimolini istisno etmayapti.

Messi “Barselona” tizimida 20 yildan ortiq vaqt o‘tkazgan, 2021 yil yozida esa jamoani tark etgan. “Oltin to‘p”ning sakkiz karra sohibi bo‘lgan futbolchining “Inter Mayami” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

“Barselona”ning yangi prezidenti bo‘yicha saylov 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi Barselonaga futbolchi sifatida qaytmasligini bildirdi