Neymar golini Vinisius uchun raqsi bilan nishonladi

“Santos” hujumchisi Neymar Braziliya chempionatida urgan golini Vinisius Junior uslubidagi bayram bilan nishonladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
34 yoshli futbolchi “Vasko da Gama”ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etdi, natijada “Santos” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin tugaganidan so‘ng Neymar nega aynan shu raqsni takrorlaganini izohladi.
“Bu — Vini uchun. U Portugaliyada “Benfika” darvozasiga gol urgach, men unga: “Agar “Bernabeu”da ham gol ursang, o‘sha raqsni qil, men esa o‘zim gol urganimda takrorlayman”, degandim”, — deya Neymarning so‘zlarini Madrid Xtra keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Vinisiusning o‘sha raqsi avvalroq bahs-munozaraga sabab bo‘lgandi: “Benfika” tomoni buni provokatsiya sifatida qabul qilgan, lissabonliklar murabbiyi Joze Mourinyo esa “qaymoqranglilar” yulduzining harakatidan ochiq noroziligini bildirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!